Biz Belgiya, Turkiya, Erondan keltirilgan 100 xildan ortiq va o‘zimizning Samarqandda tayyorlangan gilamlarni taklif etamiz.

4

Belgiya gilamlari


Oxirgi o‘n yilliklarda Belgiya gilamlari juda mashhur bo‘lib qolmoqda. Ular tayyorlanish uslubi, ajoyib va yorqin ranglari bilan boshqa gilamlardan tubdan farq qiladi.

  • Xavfsizlik: Belgiyada tayyorlangan gilamlar insonlar sog‘ligiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday zararli bakteriyalarga qarshi himoyalangan.
  • Ekologik: Ularni tayyorlashda tabiatga va insonlarga zarar keltiradigan sintetik mahsulotlar ishlatilmaydi.

Shu bilan birga Belgiya gilamlari issiqligi va shovqin o‘tkazmasligi bilan ajralib turadi.

Bu gilamlar nafaqat saroylar yoki hashamatli uylarga bezak bo‘la oladi, balki oddiy uylarni ham hech bir koshonadan kam bo‘lmasligini ta’minlaydi.

7

Turkiya gilamlari


Gilamdo‘zlik san’ati eng qadimgi hunarmandchilik turlaridan biri. Turk gilamdo‘zlik sanati bir necha asrlar davomida shakllanib, hunarmandchilikning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan.

Dastlab gilamlardan ko‘chmanchi qabilalar yerga to‘shash va devorlarga ilishda foydalanishgan bo‘lsa, keyinchalik ular uylar va saroylarni bezashda ishlatila boshlandi. Turkiya gilamlari nafaqat o‘ziga xos dizayni, balki sifati, uzoq muddat xizmat qilishi bilan ham mashhur.

Hattoki bugungi texnologiyalar rivojlangan davrda ham Turkiya gilamlari o‘zining qadimiy ananalarini saqlab qola olgani e’tiborga loyiq.

Hozirga kelib Turkiya gilamlari zamonaviy ko‘rinishida ham qadimiy ananalarni uyg‘unlashtirgan holda, insonlar ko‘nglidan o‘rin egallab kelmoqda.

2

Eron gilamlari


Eron gilamlari uzoq vaqt davomida boylik belgisi bo‘lib hisoblangan. Bu gilamlardan badavlat xonadon egalari o‘z uylarini bezashda foydalanishgan.

Eron gilamlarining bu qadar qadrlanishiga sabab, ularning go‘zal va nafis dizayni, ranglarning o‘ynoqi va jozibador ko‘rinishi bir so‘z bilan aytganda go‘zallik va sifatning uyg‘unligi deb bemalol aytish mumkin.

Eron qo‘l mehnati yordamida gilam tayyorlashda eng yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

Qo‘lda to‘qilgan Eron gilamlari faqat eng yuqori sifatli mahsulotlardan tayyorlanadi.

Bu gilamlarni tayyorlash uchun yuqori sifatli jun, ipak va sifatli paxta tolasi hamda tabiiy bo‘yoqlar ishlatiladi.